Ob-havo

O‘zbekistonda 18-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda 18-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 18-sentyabr, payshanba kuni respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.