Ob-havo

O‘zbekistonda 7-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda 7-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 7-noyabr, juma kuni respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chish xavfi bor. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7°iliq bo‘ladi.