O‘zbekistonda chorshanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bugun, 23-iyul kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 35-40°, ba’zi joylarda 41-43° gacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo‘ladi.