Pul

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uchinchi oy kamaymoqda

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uchinchi oy kamaymoqda

Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi biroz o‘sdi.

Yanvar–iyun oylarida mamlakatda 185,6 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,61 foizga yuqori. Shunga qaramay, eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina — Chevrolet Cobalt — ketma-ket uch oydirki pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda.

Chevrolet Cobalt umumiy ishlab chiqarish hajmining uchdan birini tashkil etmoqda. Biroq yil boshidan beri ushbu modelning ishlab chiqarilishi atigi 0,2% ga oshib, 73,1 ming donani tashkil etdi. Aprel oyida Cobalt ishlab chiqarish hajmi 6%, mayda 10,6%, iyun oyida esa 7,84% ga qisqargani kuzatildi.

Ishlab chiqarish soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Damas turibdi — birinchi yarim yillikda ushbu avtomobildan 45,9 ming dona ishlab chiqarilgan (+18,1%). Boshqa tomondan, Chery mashinalari bo‘yicha pasayish qayd etildi — 4161 dona avtomobil ishlab chiqarilib, bu 0,7%ga kamayishni anglatadi. Onix ko‘rsatkichlari esa 1%ga qisqarib, 17,24 ming donani tashkil etdi.