Ob-havo

O‘zbekistonda dam olish kunlari: 23–24-avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dam olish kunlari: 23–24-avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 23–24-avgust kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati 35-37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha nisbatan nam va biroz issiq bo‘lgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakat hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 35-37 daraja, yakshanba kuni 32-35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 20-22 daraja bo‘ladi.