O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 10–13-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–12-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 oktabrda kechasi 5-10°, 11-13 oktabrda 7-12°, 10-11 oktabrda kunduzi 22-27°, 12-13 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 oktabrda kechasi 7-12°, 11-13 oktabrda 10-15°, kunduzi 25-30°, 11 oktabrda 27-32° bo‘ladi..
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 oktabrda kechasi 8-13°, 11-13 oktabrda 10-15°, kunduzi 23-28°, 11 oktabrda 25-30° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, 10-12 oktabrda kunduzi 27-32°, 13 oktabrda 25-30° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 oktabrda kechasi 8-13°, 11-13 oktabrda 10-15°, 10 oktabrda kunduzi 22-27°, 11-13 oktabrda 24-29° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.