Ob-havo

O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 19–22-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 19–22-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 19–22-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19 sentyabrda 8-13°, 20-22 sentyabrda 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19 sentyabrda 8-13°, 20-22 sentyabrda 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-20 sentyabrda 10-15°, 21-22 sentyabrda 12-17° bo‘ladi, kunduzi 23-28° dan 27-32° gacha o‘zgarib turadi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-20 sentyabrda 10-15°, 21-22 sentyabrda 12-17° bo‘ladi, kunduzi 22-27° dan 27-32° gacha o‘zgarib turadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18° bo‘ladi, kunduzi 27-32° dan 30-35° gacha o‘zgarib turadi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-20 sentyabrda 10-15°, 21-22 sentyabrda 12-17° bo‘ladi, kunduzi 22-27° dan 27-32° gacha o‘zgarib turadi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-20 sentyabrda 5-10°, 21-22 sentyabrda 7-12° bo‘ladi, kunduzi 13-18° dan 18-23° gacha o‘zgarib turadi.