Ob-havo

O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 31-oktyabr–3-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dam olish kunlarida: 31-oktyabr–3-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 31-oktyabr–3-noyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 31 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 31 oktyabr-2 noyabrda 3-8° iliq, 3 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 31 oktyabrda 17-22°, 1-2 noyabrda 15-20°, 3 noyabrda 10-15° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 31 oktyabrda 6-11°, 1-3 noyabrda 4-9°, kunduzi 31 oktyabr-2 noyabrda 17-22°, 3 noyabrda 13-18° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 31 oktyabrda 20-25°, 1-2 noyabrda 15-20°, 3 noyabrda 13-18° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 31 oktyabrda 21-26°, 1-2 noyabrda 19-24°, 3 noyabrda 17-22°  bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 31 oktyabrda 18-23°, 1-2 noyabrda 17-22°, 3 noyabrda 15-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 31 oktyabr va 2 noyabrda 12-17°, 1 noyabrda 10-15°, 3 noyabrda 7-12° bo‘ladi.