Aloqada bo‘ling

Oʻzbekistonda erkaklar va ayollar necha yoshda koʻproq oila qurayotgani maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda erkaklar va ayollar necha yoshda koʻproq oila qurayotgani maʼlum qilindi

Statistikaga koʻra, 20 yoshgacha boʻlgan erkaklarning atigi 1,4 foizi, ayollarning esa 37,7 foizi nikohlanmoqda.

Statistika agentligi Oʻzbekistonda nikohlanuvchi erkaklar va ayollarning yoshi boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotlarni ochiqladi.

Unga koʻra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida, respublika boʻyicha 271 776 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarning erkaklarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha boʻlgan:

  • 20 yoshgacha – 1,4 foiz
  • 20-30 yosh – 84,3 foiz
  • 31-40 yosh – 10,1 foiz
  • 41 yosh va kattalar – 4,2 foiz.

Qayd etilgan nikohlarning ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha boʻlgan:

  • 20 yoshgacha – 37,7 foiz
  • 20-30 yosh – 53,9 foiz
  • 31-40 yosh – 6,5 foiz
  • 41 yosh va kattalar – 1,9 foiz.