O‘zbekistonda hafta boshida: 16–19-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 16–19-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o’zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 16-17 sentabrda 20-25°, 18-19 sentabrda 22-27° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 16-17 sentabrda 20-25°, 18-19 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 sentabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Samarqand viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. 17-19 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 sentabrda kechasi 12-17°, 17-19 sentabrda 10-15°, kunduzi 16 va 19 sentabrda 22-27°, 17-18 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 sentabrda 12-17°, 18-19 sentabrda 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 sentabrda kechqurun ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishu mumkin. 17-18 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 19 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 sentabrda kechasi 12-17° gacha, 17-19 sentabrda 10-15° , kunduzi 16-18 sentabrda 20-25°, 19 sentabrda 22-27° bo’ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 sentabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 16 sentabrda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 18-19 sentabrda yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 sentabrda kechasi 7-12°, 17-19 sentabrda 5-10°, kunduzi 16-18 sentabrda 10-15°, 19 sentabrda 12-17° bo’ladi.