Ob-havo

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 25–28-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida: 25–28-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 25–28-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25 va 27 sentyabrda 23-28°, 26 sentyabrda 25-30°, 28 sentyabrda 20-25°bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 sentyabrda Toshkent, Sirdryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31°, 26 sentyabrda 24-29° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-26 sentyabrda 27-32°, 27-28 sentyabrda 29-34° bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 sentyabrda Andijon, Namangan viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° 26 sentyabrda 24-29° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 27-28 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° dan 15-20° gacha o‘zgarib turadi.