Ob-havo

O‘zbekistonda hafta oxirida: 18–21-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta oxirida: 18–21-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 18–21-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-19 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-19 sentyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°, 20-21 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda 10-15°, 21 sentyabrda 12-17°, kunduzi 18-19 sentyabrda 23-28°, 20-21 sentyabrda 25-30° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda 10-15°, 21 sentyabrda 12-17°, kunduzi 18 sentyabrda 20-25° bo‘ladi, 19-21 sentyabrda asta-sekin 25-30° gacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda 10-15°, 21 sentyabrda 12-17°, kunduzi 18-19 sentyabrda 25-30°, 20-21 sentyabrda 28-33° bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 va 21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda 10-15°, 21 sentyabrda 12-17°, kunduzi 18 sentyabrda 20-25° bo‘ladi, 19-21 sentyabrda asta-sekin 25-30° gacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18 sentyabrda 10-15° bo‘ladi, 19-21 sentyabrda asta-sekin 15-20° gacha ko‘tariladi.