O‘zbekistonda hafta oxirida: 29-avgust–1-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 29-avgust–1-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 avgustda 17-22°, 31 avgust-1 sentyabrda 14-19°, kunduzi 29 avgustda 34-39°, 30 avgust-1 sentyabrda
30-35° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°;30 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°; 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39°;30 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 32-37°; 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-30 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°;31 avgust-1 sentyabrda kechasi 16-21°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-31 avgustda 17-22°, 1 sentyabrda 15-20°, kunduzi 29 avgustda 34-39°, 30 avgustda 32-37°, 31 avgust-1 sentyabrda 30-35° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 31 avgust-1 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 29 avgustda 25-30° bo‘ladi, 30 avgust-1 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.