O‘zbekistonda hafta yakunida: 28-sentyabr–1-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 28-sentyabr–1-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28-29 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 oktbrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentyabr-1 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 29 sentyabr-1 oktyabrda kechasi 6-11° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentyabr-1 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, 29 sentyabr-1 oktyabrda kechasi 6-11° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentyabr-1 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat kechasi 28-30 sentyabrda 12-17°, 1 oktyabrda 8-13°, kunduzi 28-29 sentyabrda 27-32° bo‘ladi, 30 sentyabr-1 oktyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-29 sentyabrda 26-31° bo‘ladi, 30 sentyabr-1 oktyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-30 sentyabrda 28-33°, 1 oktyabrda 26-31° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-30 sentyabrda 25-30°, 1 oktyabrda 23-28° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 28-29 sentyabrda 20-25°, 30 sentyabr-1 oktyabrda 18-23° bo‘ladi.