O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida: 1–4-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 1–4-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2-4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 oktyabrda 6-11°, 2-4 oktyabrda 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22°, 2-4 oktyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 oktyabrda Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 oktyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 2-4 oktyabrda kechasi 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 3-4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 oktyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 2-4 oktyabrda kechasi 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2 oktyabrda 12-17° bo‘ladi, 3-4 oktyabrda 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 1 oktyabrda 28-33° bo‘ladi, 2-4 oktyabrda 20-25° gacha pasayadi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 va 4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2-3 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 oktyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi, 2-4 oktyabrda kechasi 8-13° gacha, kunduzi 18-23° gacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-3 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1 oktyabrda 10-15° bo‘ladi, 2-4 oktyabrda 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 10-15° bo‘ladi.