O‘zbekistonda iyul oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlim me’yori) respublika hududining katta qismida 35−37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda 38−40 darajani tashkil etadi.
Ammo deyarli har yili, iyul oyida havo harorati 40−42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43−45 darajagacha, eng issiq yillarda esa undan ham yuqori bo‘ladigan juda issiq davrlar kuzatiladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha kunlar soni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarda 1−3 kun, shimoliy va janubi-g‘arbiy hududlarda 3−7 kun, cho‘l hududlarda va janubda 10−15 kunni tashkil etadi.
2-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3−5 iyul kunlari hududning katta qismida havo harorati 40−43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44−46 darajagacha ko‘tariladi.
5-iyul kuni respublikaning g‘arbiy yarimi bo‘yicha, 5-iyulda barcha hududlar bo‘yicha harorat 4−6 darajaga pasayadi. Biroq, iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerak. Oy oxirigacha harorat asosan 36−39 daraja, ayrim eng issiq kunlarda esa 40−41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42−43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Iyul oyida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam.