Ob-havo

O‘zbekistonda joriy haftada qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda joriy haftada qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 20-27-iyul kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-23 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 20-24 va 26-27 iyulda 35-40°, 23-25 iyulda 37-42° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-23 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20 iyulda 25-30°, 21-27 iyulda 24-29°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-23 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 20 iyulda 38-43°, 21-27 iyulda 36-41° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-23 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 20 iyulda 40-45°, 21-22 iyulda 39-44°, 23-27 iyulda 38-43° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28°,
kunduzi 20-23 iyulda 37-42°, 24-27 iyulda 35-40° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-23 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 20-23 iyulda 30-35°, 24-27 iyulda 27-32° bo‘ladi.