O‘zbekistonda juma kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bugun, 11-iyul kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 31-36°, janubda 37-39° gacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.