Pul

O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar nimalarni bilishi kerak? 20 ta mashhur savollar va ularga haqqoniy javoblar

Muallif: Masha Mashkova
O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar nimalarni bilishi kerak? 20 ta mashhur savollar va ularga haqqoniy javoblar

O‘z-o‘zini band qilish — bu erkinlik va keraksiz byurokratiyasiz o‘zingiz uchun ishlash imkoniyatidir. Ammo bu olamga sho‘ng‘ishdan oldin — keling, avval kim o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs hisoblanadi, bu maqomning afzalliklari va xavflari nimada, va qonunchilik doirasida kam muammo bilan qanday ishlash mumkinligini bilib olamiz. Biz TBC Bank mutaxassislari bilan birga 20 ta eng dolzarb savollarga javob berdik.

1. O‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar kimlar?

O‘zlari uchun ishlaydigan va xizmat yoki mahsulotlarni mehnat shartnomasisiz taqdim etuvchi jismoniy shaxslar. Ular yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) emas.

2. Qanday faoliyat turlari ruxsat etilgan?

Hozirda 104 ta yo‘nalishga ruxsat berilgan. 2026-yil 1-yanvardan Prezident qaroriga ko‘ra esa bu ro‘yxat 72 taga qisqartiriladi. Olib tashlanadigani: chakana savdo, sartaroshlik va go‘zallik xizmatlari, foto va video suratga olish, shirinliklar tayyorlash, gid xizmatlari va boshqalar. To‘liq ro‘yxatni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

3. 2026-yil yangiliklarga nimalar qo‘shiladi?

Marketpleyslar orqali savdo, bolalar va qariyalarga g‘amxo‘rlik, nomoddiy madaniy merosni saqlash kabi yo‘nalishlar qo‘shilgan. Batafsil ro‘yxatni bu yerda topasiz.

4. Qanday qilib o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs bo‘lish mumkin?

INN (STIR) oling, onlayn yoki soliq bo‘limida ariza yuboring, Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘ting. Batafsil yo‘riqnoma bu yerda.

5. Qanday soliqlar to‘lanadi?

Agar yillik daromad 100 million so‘mgacha bo‘lsa — 0%, undan oshsa — 4% aylanmadan.

6. Ijtimoiy badal to‘lanadimi?

Majburiy minimum — 1 BHM (~340 000 so‘m, 2025-yil). E’tibor bering: pensiya staji faqat to‘langan badallar asosida hisoblanadi.

7. O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs kredit olishi mumkinmi?

Albatta. Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun eng yaxshi kredit variantlaridan birini TBC Bank taklif etadi.

Jarayon juda oddiy: ilovaga kirasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, ariza to‘ldirasiz va javobni bir daqiqada olasiz. Endi bankka borish, hujjat yig‘ish va haftalab kutish shart emas!

Buning uchun kerak bo‘ladigani: o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomida bo‘lish, ariza to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Agar barchasi tayyor bo‘lsa — eng yoqimli jarayon: tasdiqlanganingizdan so‘ng pul TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga tushadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bilan biznesingiz gullab-yashnashi aniq!

*Kredit bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti so‘nggi 300 000 foydalanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblangan. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga bog‘liq va 1daqiqadan kamroq yoki ko‘proq vaqt olishi mumkin. Foiz stavkasi 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 000 so‘mdan dan 100 000 000 so‘mgacha. Batafsil ma’lumot – tbcbank.uz.

8. QQS va foyda solig‘i qanday?

Daromad 1 milliard so‘mgacha — faqat ijtimoiy soliq va aylanma solig‘i. Undan oshsa — YATT rejimiga o‘tiladi: QQS 12%, foyda solig‘i va boshqalar.

9. 2025-yilda taksichilar o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs hisoblanadimi?

Ha, agar ularning yillik daromadi 100 million so‘mdan oshmasa.

10. O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs qaysi hisobotlarni topshiradi va qachon?

Aylanish (oborot) va ijtimoiy badal bo‘yicha hisobot. Har oyning 15-sanasiga qadar (yoki belgilangan muddat ichida).

11. Davlat ularga qanday yordam beradi?

Imtiyozli kreditlar, garovsiz oilaviy biznes kreditlari, ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari mavjud.

12. Agar daromad 100 milliondan oshsa nima bo‘ladi?

Oshgan summadan 4% soliq to‘laysiz. O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomi saqlanadi.

13. Agar daromad 1 milliarddan oshsa-chi?

YATT maqomiga o‘tasiz. QQS, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq kabi majburiyatlar paydo bo‘ladi. 

14. YATT yuridik shaxslar bilan ishlay oladimi?

KKT yoki E-SF bo‘lsa — ha. Aks holda — faqat jismoniy shaxslar bilan.

15. Nizoli vaziyatlarda nima qilish kerak?

QR-kodli chek va ish aktlarini, INN ni saqlang. Ular sizni himoya qiladi. Zarurat tug‘ilsa, tajribali yurist yordamida sudga murojaat qiling. 

16. Pensiya tizimi qanday ishlaydi?

Minimal pensiya olish uchun — 7 yil staj. To‘liq pensiya: ayollar 20 yil, erkaklar 25 yil. Qancha ko‘p to‘lov qilinsa — shuncha ko‘p pensiya chiqadi.

17. Elektron hamyon va o‘tkazmalar bilan qanday ishlash mumkin?

Oson ilovasi orqali. Bank kartalarini ulab, to‘lov qabul qilishingiz mumkin.

 

18. O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomini qanday yopish mumkin?

Soliq ilovasida yoki my.gov.uz saytida ariza yuboring. Bir necha kun ichida hisobdan chiqariladi. Yoki yashash manzilingizdagi soliq bo‘limiga boring — darhol yopib berishadi.

19. Qachon YATT maqomiga o‘tish kerak?

Agar daromad 1 milliarddan oshsa, faoliyat kengayayotgan bo‘lsa yoki siz yuridik shaxslar bilan ishlamoqchi bo‘lsangiz. Shuningdek, 2026-yildan keyin faoliyatingiz ro‘yxatdan chiqarilsa.

20. Umuman, o‘z-o‘zini band qiladigan bo‘lishga arziydimi?

Ha, agar siz halol pul topmoqchi bo‘lsangiz, jarimalardan va murakkabliklardan saqlanmoqchi bo‘lsangiz. Bu maqom erkinlik, xavfsizlik va rivojlanish imkonini beradi.