Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonalanadi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

2025-yilda Qurbon hayiti nishonlanadigan sana e’lon qilindi. Rasmiy xabarga ko‘ra, bayramning birinchi kuni 6-iyun, juma kuniga to‘g‘ri keladi.
Bu yil islomiy qamariy taqvim boʻyicha zulhijja oyining birinchi kuni 28-may hisoblanadi. Qurbon hayitini nishonlash kuni hisoblangan zulhijja oyining oʻninchi kuni esa 6-iyunga toʻgʻri keladi.
Qayd etilishicha, Qurbon hayitining birinchi kuni boʻlgan 6-iyun, juma dam olish kuni hisoblanadi.
Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun 7-may, shanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.