Aloqada bo‘ling

O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. U Toshkent shahrida soat 06:30 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Shunga ko‘ra, yakshanba kuni hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

  • Andijon viloyati 06:20;
  • Namangan viloyati 06:20;
  • Farg‘ona viloyati 06:20;
  • Toshkent viloyati 06:30;
  • Toshkent shahar 06:30;
  • Samarqand viloyati 06:40;
  • Sirdaryo viloyati 06:40;
  • Jizzax viloyati 06:40;
  • Qashqadaryo viloyati 06:45;
  • Surxondaryo viloyati 06:45;
  • Buxoro viloyati 06:50;
  • Navoiy viloyati 06:50;
  • Xorazm viloyati 07:05;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi 07:15.

Eslatib o‘tamiz, hayitning birinchi kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish 31-mart, dushanbaga ko‘chiriladi. Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.