Aloqada bo‘ling

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi respublika bo‘ylab taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlarni e’lon qildi. 28-fevral, juma kuni xufton namozidan so‘ng taroveh namozini o‘qish boshlanadi.

Musulmonlar idorasi taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi. Taroveh 28-fevral, juma kuni xufton namozidan so‘ng boshlanadi.

Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyati — 20:20
  • Namangan viloyati — 20:20
  • Andijon viloyati — 20:20
  • Toshkent viloyati — 20:30
  • Toshkent shahri — 20:30
  • Sirdaryo viloyati — 20:30
  • Jizzax viloyati — 20:30
  • Samarqand viloyati — 20:30
  • Qashqadaryo viloyati — 20:40
  • Surxondaryo viloyati — 20:40
  • Navoiy viloyati — 20:40
  • Buxoro viloyati — 20:40
  • Xorazm viloyati — 21:00
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 21:10

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi. Shuningdek, Ramazon oyida taroveh namozlari sabab 2025-yilning 28-fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.