Ob-havo

O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 14–17-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 14–17-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 14–17-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 sentyabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 12-17°, kunduzi 25-30°, 15-17 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 va 17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentyabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.

Samarqand viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentyabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 15-17 sentyabrda 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Andijon va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14-15 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentyabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.

Namangan viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16-17 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentyabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-17 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi; 15-17 sentyabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi.