O‘zbekistonda yangi hafta boshida: 17–20-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 17–20-avgust kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 avgustda 15-20°, 19-20 avgustda 17-22°, kunduzi 17-19 avgustda 30-35°, 20 avgustda 33-38° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 avgustda 15-20°, 19-20 avgustda 17-22°, kunduzi 17-avgustda 27-32° bo‘ladi, 18-20 avgustda 34-39° gacha ko‘tariladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 18-19 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 20 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 17-18 avgustda 32-37°, 19-20 avgustda 35-40° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-18 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°, 19-20 avgustda kechasi 15-20° bo‘ladi, kunduzi 32-37° gacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17-18 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 19-20 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 va 20 avgustda 12-17°, 18-19 avgustda 10-15°, kunduzi 17-18 avgustda 18-23°, 19-20 avgustda 21-26° bo‘ladi.