Ob-havo

O‘zbekistonda yangi hafta o‘rtasida: 30-sentyabr–3-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi hafta o‘rtasida: 30-sentyabr–3-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-sentyabr–3-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-3 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabrda-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi, 1-3 oktyabrda kechasi 4-9° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabr-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda-1 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 2-3 oktyabrda kechasi 4-9° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabr-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 30 sentyabrda-1 oktyabrda 12-17°, 2-3 oktyabrda 8-13°, kunduzi 30 sentyabrda 25-30° bo‘ladi, 1-3 oktyabrda 18-23° gacha pasayadi.

Toshkent viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1-2 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°, 1-3 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°gacha pasayadi.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°, 1-3 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° gacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 30 sentyabrda-2 oktyabrda 12-17°, 3 oktyabrda 10-15°, kunduzi 30 sentyabrda-1 oktyabrda 28-33°, 2-3 oktyabrda 20-25° gacha pasayadi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 sentyabrda-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°, 1-3 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 1-3 oktyabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi