O‘zbekistonda yangi haftada: 14–21-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 14–21-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 sentyabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 sentyabrda 8-13°, 20-21 sentyabrda 10-15°, kunduzi 13-17 sentyabrda 20-25°, 18-19 sentyabrda 23-28°, 20 sentyabrda 25-30° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 15-20°, 15-21 sentyabrda 10-15°, kunduzi 14 sentyabrda 25-30°, 15-17 sentyabrda 20-25°, 18-21 sentyabrda 25-30° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 va 17-21 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-21 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 25-30° dan 20-25° gacha o‘zgarib turadi.
Samarqand viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-21 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 25-30° dan 20-25° gacha o‘zgarib turadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-21 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 30-35° dan 25-30° gacha o‘zgarib turadi.
Andijon va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14-15 va 20-21 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18-19 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-21 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 25-30° dan 20-25° gacha o‘zgarib turadi.
Namangan viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 va 20-21 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16-17 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18-19 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 15-20° bo‘ladi, 15-21 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 25-30° dan 20-25° gacha o‘zgarib turadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-19 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-17 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° dan 5-10° gacha, kunduzi 20-25° dan 10-15° gacha o‘zgarib turadi.