Ob-havo

O‘zbekistonda yangi haftada: 26–29-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi haftada: 26–29-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 26–29-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26-28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻaprbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-27 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 19-24°, 28-29 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 26-28 oktyabrda 8-13°, 29 oktyabrda 4-9°, kunduzi 26-27 oktyabrda 23-28°, 28-29 oktyabrda 18-23° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 26 oktyabrda 10-15° bo‘ladi, 27-29 oktyabrda 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 26-27 oktyabrda 21-26°, 28-29 oktyabrda 18-23° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 26-28 oktyabrda 10-15°, 29 oktyabrda 6-11°, kunduzi 26-27 oktyabrda 24-29°, 28-29 oktyabrda 21-26° bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26-28 oktyabrda 8-13°, 29 oktyabrda 5-10°, kunduzi 26-28 oktyabrda 21-26°, 29 oktyabrda 18-23° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 oktyabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 27 va 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26-28 oktyabrda 5-10°, 29 oktyabrda 3-8° iliq, kunduzi 26-27 oktyabrda 15-20°, 28-29 oktyabrda 10-15° bo‘ladi.