O‘zbekistonlik ayol futbolchilar 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l oldi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Nepalga qarshi kechgan bahsda penaltilar seriyasida dramatik tarzda g‘alaba qozonib, 2003-yildan beri ilk bor Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma oldi. Navbatdagi musobaqa 2026-yilda Avstraliyada o‘tkaziladi.
Toshkentda 5-iyul kuni o‘tkazilgan guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida O‘zbekiston va Nepal o‘rtasidagi bahs asosiy vaqt yakunida 3:3 hisobida durang bilan tugadi. Penaltilar seriyasida esa o‘zbekistonlik futbolchilar 4:2 hisobida zafar quchdi va final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Mazkur guruh bosqichidagi dastlabki bellashuvlarda O‘zbekiston Shri-Lanka ustidan 10:0 hisobida g‘alaba qozongan, keyinchalik Laosni ham 7:0 hisobida yenggan edi. Nepal esa ushbu ikki raqibni 9:0 va 8:0 hisoblarida mag‘lub etgan edi.
Shunday qilib, guruh peshqadamlari ochkolar va to‘plar nisbatida tenglikni qayd etgani sababli, F guruhining g‘olibini aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etishga to‘g‘ri keldi.