Aloqada bo‘ling

O‘zbekistonliklar 9-may kuni qancha dam oladi?

O‘zbekistonliklar 9-may kuni qancha dam oladi?

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan dam olish kuni jumaga to‘g‘ri keladi.

2025-yil may oyida haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket uch kun dam olishlari mumkin bo‘ladi, bu 2025-yil uchun ish vaqti davomiyligi taqvimidan kelib chiqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 may - Xotira va qadrlash kuni bayrami juma kuniga to‘g‘ri keladi, shu munosabat bilan haftaning ushbu kuni dam olish kuni bo‘ladi.

  • Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun dam oladi: 4 may; 9-may; 11-may; 18-may; 25-may.
  • Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 10 kun dam oladi: 3 may; 4-may; 9-may; 10-may; 11-may; 17-may; 18-may; 24-may; 25-may.

Avvalroq Toshkentda 9 may munosabati bilan bayram salyuti bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi. Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.