Aloqada bo‘ling

Oʻzbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan besh kunlik haftada ishlaydiganlar ketma-ket uch kun dam oladi.

Qoʻshimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi prezident farmonida belgilangan.

Unga koʻra, 2024-yilning 8-dekabri yakshanba, dam olish kuniga toʻgʻri kelgani sababli dam olish kuni 9-dekabr, dushanba kuniga koʻchiriladi. Shunday qilib:

  • 7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
  • 8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni;
  • 9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni boʻladi.

Yangi yil munosabati bilan 30 va 31-dekabr, dushanba va seshanba sanalari dam olish kunlari boʻladi. Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 30-dekabr, dushanba qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ham dam olish kuni boʻladi, faqat oldindan 14-dekabr, shanba kuni ishlab berishadi.

31-dekabr, seshanba — barcha uchun dam olish kuni boʻladi. 2025-yil 1-yanvar dam olish kuni hisoblanadi. Yangi yil bayramlari qancha davom etishi prezidentning dam olish kunlari haqidagi yangi qarori qabul qilinganidan keyin maʼlum boʻladi.