Aloqada bo‘ling

O‘zbekistonliklar yangi iPhone 17 sotib olish uchun necha kun ishlashi kerak?

O‘zbekistonliklar yangi iPhone 17 sotib olish uchun necha kun ishlashi kerak?

19-sentyabr kuni yangi iPhone 17 sotuvga chiqadi. 128 GB xotirali asosiy modelning narxi 799 dollardan boshlanadi, 1 TB xotirali eng yuqori darajadagi iPhone 17 Pro Max esa 1700 dollarga tushadi.

Ranking.kz mutaxassislari o‘tkazgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarda smartfon xarid qilish byudjetga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, Shveysariya aholisiga bor-yo‘g‘i uch kun ishlash yetarli.

MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlarida vaziyat boshqacha. O‘zbekistonda iPhone 17 hashamat buyumi hisoblanadi. Uni sotib olish uchun taxminan 40 kun ishlash kerak bo‘ladi, bu deyarli ikki o‘rtacha oylik maoshga teng.

Numbeo.com ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizdagi o‘rtacha oylik maosh 491,1 dollarni tashkil etadi.