Pul

O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi

2025-yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi qarzi 4,3 milliard dollarga oshib, umumiy miqdori 68,4 milliard dollarga yetdi. Bu haqida Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya mavqei va tashqi qarz bo‘yicha hisobotda ma’lumot berilgan.

Markaziy bankning ta’kidlashicha, global savdo siyosatidagi ziddiyatlar va bo‘linish jarayonlari ortayotgan bir paytda O‘zbekistonning an’anaviy eksport mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talab yuqori darajada saqlanmoqda. Shu bilan birga, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida ham ijobiy o‘sish kuzatilgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

2025-yil yanvar-mart oylarida joriy operatsiyalar hisobi 160,7 million dollar miqdorida manfiy saldoga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davrida 2,1 milliard dollar bo‘lgan. Savdo balansidagi taqchillik 34 foizga kamayib, 2,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bunga eksport hajmining keskin o‘sishi fonida import hajmining deyarli o‘zgarmagani sabab bo‘lgan.

Aynan eksport hajmi 22 foizga ko‘payib, 8 milliard dollarga yaqinlashgan. Import hajmi esa 10,5 milliard dollar atrofida bo‘lib qolgan. Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining ortishi natijasida birlamchi va ikkilamchi daromadlar bo‘yicha balans ijobiy natijani qayd etdi — mos ravishda 148,9 million va 2,2 milliard dollar.