Ozoda Nursaidova kutilmagan katta yangilikni eʼlon qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Ozoda Nursaidova may oyida oʻzining yana bir jonli ijrodagi katta konsertini taqdim etadi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ozoda Nursaidova 7–16-may kunlari “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida konsert beradi.
Dastur toʻliq jonli ijroda boʻlishi kutilmoqda. Unda qoʻshiqchiga davlat simfonik orkestri musiqachilari yaqindan koʻmaklashadi, deyiladi rasmiy eʼlonda.
Bahorning asosiy tadbiri boʻlishi kutilayotgan ushbu konsert biletlari allaqachon iticket.uz saytida sotuvda mavjud. Biletlar narxi 40 ming soʻmdan boshlanadi.