Kino

Pamela Anderson “Meni erkalab chaqirma” asosida serial tayyorlamoqda

Pamela Anderson “Meni erkalab chaqirma” asosida serial tayyorlamoqda

“Malibu qutqaruvchilari” yulduzi Pamela Anderson o‘zining And-Her-Sons Productions nomli prodyuserlik kompaniyasini tashkil etdi. Birinchi loyiha 1996-yildagi “Meni erkalab chaqirma” nomli futuristik jangari filmining televizion versiyasi bo‘ladi.

Film Dark Horse nashriyotining komikslariga asoslangan. Voqealar ikkinchi fuqarolar urushi davom etayotgan muqobil AQShda kechadi.

Tungi klub egasi Barb Uayr (Anderson) mamlakatdagi so‘nggi erkin hududlardan biri bo‘lgan Stil Harbor shahrida yollanma askar sifatida ham ishlaydi. Tez orada bosh qahramon biologik qurol bilan bog‘liq hukumat fitnasiga aralashib qoladi.

Film tanqidchilar tomonidan safsata deb topildi va Anderson “Oltin malina” mukofotini oldi. Serial tafsilotlari haqida ma’lumot berilmagan. Anderson kompaniyasining hammuassislari uning o‘g‘illari Brendon Tomas va Dilan Jagger Li bo‘ldi.