Paramount Warner Bros`ni sotib olishga tayyorlanmoqda
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bloomberg nashrining xabar berishicha, Paramount Skydance va Warner Bros. Discovery kompaniyalari qo‘shilishi mumkin. Bitim summasi 70 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Mutaxassislar yangi bitimni hukumat ma’qullashiga ishonchsizlik bildirmoqda. Har ikkala kompaniya ham kino va televideniye kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha yirik studiyalar hisoblanadi.
Paramount CBS, Nickelodeon va MTV kanallariga egalik qilsa, Warner esa HBO, Cartoon Network va CNN kanallariga ega.
Shu yilning boshida Paramount Skydance`ni 8 milliard dollarga sotib olgan edi.