РУ
O’Z
UZS
/
Maxfiylik siyosati

MAXFIYLIK VA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH SIYOSATI ASTRA GROUP MCHJ


Nashr etilgan sana:

24.08.2024 y.


Ushbu Maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, barcha ma’lumotlarga, jumladan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi. Bu siyosat ushbu Internet-saytning Administratorsi tomonidan (keyingi o‘rinlarda tegishlicha «Administrator» va «Sayt» deb yuritiladi),

https://toping.uz/

domen nomida joylashgan yoki «ASTRA GROUP» MCHJga tegishli boshqa domen nomlarida joylashgan har qanday saytlar orqali foydalanuvchi haqida olinishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, foydalanuvchi saytdan foydalanayotganda va unda joylashtirilgan dasturlar, mahsulotlar hamda Administrator xizmatlaridan foydalanish paytida olingan ma’lumotlarga ham taalluqlidir.

Foydalanuvchi tomonidan Administratorning har qanday dasturlari, mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanish qo‘shimcha shartlar bilan tartibga solinishi mumkin bo‘lib, bu shartlar ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritishi mumkin.


1. ATAMALARNING IZOHI

1.1 Ushbu Siyosatda quyidagi atamalar qo‘llaniladi:

1.1.1 «Administrator» - O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan «ASTRA GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ), yuridik shaxs.

1.1.2 «Administratsiya - Administrator nomidan harakat qiluvchi, Saytni (saytlarni) boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil qiluvchi va/yoki amalga oshiruvchi, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlarini, qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar tarkibini, shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlarni (operatsiyalarni) belgilovchi Administrator xodimlari. Keyingi o‘rinlarda mustaqil ravishda qo‘llaniladigan «Administratsiya» atamasi «Administrator» tushunchasini ham o‘z ichiga oladi.

1.1.3 «Shaxsiy ma’lumotlar», «Shaxsiy axborot» - to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxsga (Shaxsiy ma’lumotlar subyekti) tegishli yoki uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi har qanday ma’lumot.

1.1.4 «Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash» - shaxsiy ma’lumotlar bilan avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanilgan holda yoki ulardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui, jumladan, yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish huquqini berish), shaxsiy ma’lumotlarni noma’lumlashtirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish.

1.1.5 «Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi» - Shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmaganda, shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan Administratsiya yoki boshqa shaxslar tomonidan ularni tarqatmaslik majburiyati.

1.1.6 «Administratorning hamkorlari» - Administratorning kontragentlari bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar.

1.1.7 «Sayt foydalanuvchisi (keyingi o‘rinlarda - «Foydalanuvchi»)» - Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘i orqali Saytga (saytlarga) kirish huquqiga ega bo‘lgan va Saytdan foydalanadigan shaxs.

1.1.8 «Cookies» - veb-server tomonidan yuboriladigan va foydalanuvchining kompyuterida saqlanadigan, veb-klient yoki veb-brauzer har safar mos saytdagi sahifani ochishga uringanda veb-serverga HTTP so‘rovi orqali yuboradigan kichik ma’lumotlar qismi.

1.1.9 «IP-manzil» - IP protokoli asosida qurilgan kompyuter tarmog‘idagi tugunning noyob tarmoq manzili.


2. UMUMIY QOIDALAR

2.1 Foydalanuvchining Saytdan (saytlardan) foydalanishi ushbu Maxfiylik siyosati va Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlariga roziligini bildiradi.

2.2 Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlariga rozi bo‘lmasa, Saytdan (saytlardan) foydalanishni to‘xtatishi kerak.

2.3 Siyosat faqat Saytga (saytlarga) nisbatan tatbiq etiladi. Administratsiya «ASTRA GROUP» MCHJga tegishli bo‘lmagan, Foydalanuvchi Saytda (saytlarda) mavjud havolalar bo‘yicha o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslarning saytlarini nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar emas. 2.4. Administratsiya Sayt (saytlar) Foydalanuvchisi tomonidan taqdim etilgan Shaxsiy ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirmaydi.

2.4 Administratsiya Sayt (saytlar) Foydalanuvchisi tomonidan taqdim etilgan Shaxsiy ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirmaydi.

2.5 Foydalanuvchi va Administratsiya o‘rtasidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qo‘llaniladi.


3. MAXFIYLIK SIYOSATINING PREDMETI

3.1 Siyosat Foydalanuvchini Saytda ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki Saytda boshqa harakatlarni amalga oshirishda Foydalanuvchi Administratsiyaning so‘roviga binoan taqdim etadigan Shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va maxfiylikni himoya qilish rejimini ta’minlash maqsadida Administratsiya tomonidan qo‘llaniladigan qoidalarni belgilaydi.

3.2 Foydalanuvchi tomonidan Saytda ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish orqali taqdim etilgan, Siyosat doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma’lumotlar quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

3.2.1 Foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;

3.2.2 Foydalanuvchining aloqa telefoni;

3.2.3 elektron pochta manzili (e-mail);

3.2.4 foydalanuvchi Saytda (saytlarda) harakatlarni amalga oshirayotgan shaxs (kompaniya) ning manfaatlari uchun harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs (kompaniya);

3.2.5 Profil rasmi (Foydalanuvchi surati aks etishi mumkin)

Foydalanuvchi Saytning (saytlarning) turli bo‘limlarida boshqa Shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin, bu bilan Foydalanuvchi ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Siyosatda keltirilgan shartlar asosida amalga oshirilishiga rozilik beradi. Agar Foydalanuvchi Administratsiya tomonidan saqlanayotgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari noto‘g‘ri yoki to‘liq emas deb hisoblasa, Foydalanuvchi o‘z hisobiga kirishi va shaxsiy ma’lumotlarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.

3.3 Administratsiya reklama bloklarini ko‘rish jarayonida va tizimning statistik skripti ("piksel") o‘rnatilgan sahifalarga kirishda avtomatik ravishda uzatiladigan ma’lumotlarni himoya qiladi:

− IP manzil;

− cookie fayllardagi ma’lumotlar;

− brauzer va uning identifikatori (yoki reklamani ko‘rsatuvchi boshqa dastur) haqidagi ma’lumotlar;

− kirish vaqti;

− reklama bloki joylashgan sahifa manzili;

− referer (oldingi sahifaning manzili);

− HTTP-sarlavhalar, IP-manzil, veb-mayaklar/piksel teglari, apparat va dasturiy ta’minot haqidagi ma’lumotlar;

− Saytga (saytlarga) kirish amalga oshirilgan sana va vaqt;

− geolokatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3.3.1 Cookie fayllarining o‘chirilishi Saytning avtorizatsiyani talab qiladigan qismlariga kirishning imkonsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

3.3.2 Sayt (saytlar) o‘z foydalanuvchilarining IP-manzillari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘playdi. Ushbu ma’lumotlardan texnik muammolarni aniqlash va hal qilish, Saytda (saytlarda) amalga oshirilayotgan harakatlarning qonuniyligini nazorat qilish yoki undan foydalanish bilan bog‘liq holda foydalaniladi.

3.4 Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa har qanday Shaxsiy ma’lumotlar (tranzaksiya tarixi, foydalaniladigan brauzerlar va operatsion tizimlar va hokazo) ushbu Siyosatning 5.2 va 5.3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda saqlanishi va oshkor qilinmasligi kerak


4. OYDALANUVCHINING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI TO‘PLASH MAQSADLARI

4.1 Administratsiya Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:

4.1.1 Saytda (saytlarda) ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchini identifikatsiya qilish.

4.1.2 Foydalanuvchiga Saytning shaxsiylashtirilgan resurslariga kirishni ta’minlash.

4.1.3 Foydalanuvchi bilan aloqa o‘rnatish, jumladan, Saytdan foydalanish, xizmat ko‘rsatish, Foydalanuvchi so‘rovlari va arizalarini qayta ishlash bilan bog‘liq xabarnomalar, so‘rovlar yuborish.

4.1.4 Foydalanuvchi va Administrator/Administratorning hamkorlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, Foydalanuvchining roziligi bilan xizmatlar/ishlar, yozishmalar, axborot va boshqa materiallarni yuborish.

4.1.5 Foydalanuvchining joylashuvini aniqlash, xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlikning oldini olish, shuningdek, Saytga (saytlarga) tashriflar tahlili uchun.

4.1.6 Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan Shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini va to‘liqligini tasdiqlash.

4.1.7 Foydalanuvchi hisobini yaratish, agar Foydalanuvchi hisob yaratishga rozilik bildirgan bo‘lsa.

4.1.8 Saytdan (saytlardan) foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda Foydalanuvchiga mijoz va texnik yordam ko‘rsatish.

4.1.9 Foydalanuvchining roziligi bilan, Administratorning dasturiy ta’minot yangilanishlari, yangiliklar byulleteni va Administrator yoki Administratorning hamkorlari nomidan boshqa ma’lumotlarni taqdim etish.

4.1.10 Foydalanuvchining roziligi bilan reklama faoliyatini amalga oshirish.

4.1.11 Foydalanuvchiga mahsulotlar, yangilanishlar va xizmatlarni olish maqsadida Administratorning hamkorlarining saytlariga yoki xizmatlariga kirish huquqini taqdim etish


5. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH VA HIMOYA QILISH USULLARI VA DAVRI

5.1 Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash muddatni cheklamagan holda, har qanday qonuniy usulda amalga oshiriladi, jumladan, avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish bilan yoki ularsiz, shaxsiy ma’lumotlar axborot tizimlarida.

5.2 Foydalanuvchi Administrator shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga, shu jumladan, Administratorning hamkorlariga, kuryerlik xizmatlariga, pochta aloqasi tashkilotlariga, elektr aloqasi operatorlariga va boshqa tashkilotlarga faqat Foydalanuvchi so‘rovlarini bajarish, Foydalanuvchi va Administrator o‘rtasidagi, shuningdek, Foydalanuvchi va Administratorning hamkorlari o‘rtasidagi kelishuvlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, shu jumladan, Foydalanuvchiga xat-xabarlar, axborot va boshqa materiallarni yetkazib berish maqsadida berishga haqli ekanligiga rozilik bildiradi.

5.3 Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan asoslar va tartibda vakolatli davlat organlariga uzatilishi mumkin.

5.4 Shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki oshkor qilinishi holatida Administratsiya Foydalanuvchini Shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki oshkor qilinishi haqida xabardor qiladi.

5.5 Administratsiya Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish va boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ko‘radi.

5.6 Administratsiya, Foydalanuvchining yordamida (agar Foydalanuvchi yordam bersa), Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarining yo‘qolishi yoki oshkor qilinishi natijasida yuzaga kelgan zarar yoki boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.

5.7 Administratsiya olingan Shaxsiy ma’lumotlarni faqat amaldagi Siyosatning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda ishlatadi.

5.8 Administratsiya Shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy saqlashni ta’minlaydi, Foydalanuvchining oldindan yozma ruxsatisiz ularni oshkor qilmaydi, shuningdek, Shaxsiy ma’lumotlarni sotish, almashish, e’lon qilish yoki boshqa har qanday usulda tarqatmaydi, 5.2 va 5.3-bandlarda ko‘rsatilgan holatlardan tashqari.

5.9 Administratsiya foydalanuvchiga tegishli Shaxsiy ma’lumotlarni, agar Shaxsiy ma’lumotlarning noto‘g‘riligini yoki noqonuniy harakatlarni aniqlash holati yuzaga kelsa, foydalanuvchidan yoki uning qonuniy vakilidan yoki shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organidan so‘rov yoki murojaat kelib tushganidan boshlab bloklaydi.

5.10 Foydalanuvchilarning Shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasida saqlanadi. Administratsiya Shaxsiy ma’lumotlarni yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish) va olishni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ma’lumotlar bazalaridan foydalanish orqali amalga oshiradi.

5.11Shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda qayta ishlanishi mumkin va bu jarayonda Administratsiya xodimlaridan hech kim ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar bunda holatda kirish zarur bo‘lsa, faqat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan Administratsiya xodimlariga ruxsat beriladi. Ma’lumotlarning maxfiyligini va himoyasini ta’minlashda barcha xodimlar Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ichki qoidalar va protseduralarga rioya qilishlari shart. Shuningdek, ular Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun joriy etilgan barcha texnik va tashkiliy xavfsizlik chora-tadbirlariga amal qilishlari kerak.

5.12 Administratsiya Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini himoya qilish uchun, ushbu turdagi ma’lumotlarni himoya qilishda odatda ishlatiladigan tartibga muvofiq ehtiyot choralarini ko‘radi. Administratsiya Shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz, tasodifiy yoki noqonuniy yo‘qotish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, suiiste’mol qilish, oshkor qilish yoki kirishni oldini olish uchun texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ushbu xavfsizlik chora-tadbirlar zamonaviy texnologiya darajasi, ularni amalga oshirish narxi, qayta ishlash bilan bog‘liq xavflar va Shaxsiy ma’lumotlarning xususiyatini hisobga olgan holda joriy etiladi.


6. JAVOBGARLIK

6.1 Saytning Administratsiyasi Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda ishlatganligi uchun javobgar bo‘ladi, 5.2, 5.3 va 6.2-bandlarda ko‘rsatilgan hollardan tashqari.

6.2 Administratsiya javobgar emas:

− Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan Shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun, shuningdek, agar Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari o‘zgargan bo‘lsa, ammo Foydalanuvchi bu o‘zgarishlar haqida Administratsiyani xabardor qilmagan bo‘lsa, shu jumladan Shaxsiy ma’lumotlarni Saytda (saytlarda) yangilamagan bo‘lsa;

− Foydalanuvchining hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan Shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashni amalga oshirish uchun;

− O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari operatorining topshirig‘iga binoan Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish uchun.


7. QO‘SHIMCHA SHARTLAR

7.1 Administratsiya ushbu Siyosatga Foydalanuvchining roziligisiz o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Administratsiya o‘z ixtiyori bilan, jumladan, ammo bular bilan cheklanmagan holda, tegishli o‘zgartirishlar amal qilinayotgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, shuningdek, Sayt (saytlar) faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

7.2 Yangi Siyosat, agar Maxfiylik siyosatining yangi tahririda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, Sayt (saytlar)da e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

7.3 Ushbu maxfiylik siyosati bo‘yicha barcha takliflar yoki savollar Sayt (saytlar)ning tegishli bo‘limida ko‘rsatilishi kerak.