Kino

“Qinidan chiqqan pichoqlar 3” filmining yangi treyleri chiqdi

“Qinidan chiqqan pichoqlar 3” filmining yangi treyleri chiqdi

Netflix “Qinidan chiqqan pichoqlar: Uyg‘on, o‘lik” filmining tizer-treylerini e’lon qildi. Daniel Kreyg ishtirokidagi franshizaning uchinchi qismi 12-dekabr kuni striming xizmatida taqdim etiladi.

“O‘lik” syujeti tergovchi Benua Blankning (Kreyg) diniy tus berilgan yangi ishi haqida hikoya qiladi.

Filmda shuningdek, Josh O‘Konnor, Josh Brolin, Jeremi Renner, Glenn Klouz, Mila Kunis, Endryu Skott va boshqalar ham rol ijro etishgan.

Rejissyorlik va ssenariy muallifi yana bir bor Rayan Jonsonning zimmasiga yuklatilgan.

Filmning jahon premyerasi Toronto kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Dastlabki tanqidchilar filmni zavq bilan kutib olishdi (Rotten Tomatoesda 100% ijobiy baholandi).