Qiziqchi Shahlo Zoirova imijini tanib bo'lmas darajada o'zgartirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur aktrisa va qiziqchi Shahlo Zoirova o‘z qiyofasini butunlay o‘zgartirib, muxlislarini hayratda qoldirdi. U Instagram sahifasida yangi ko‘rinishini namoyish etdi.
E’lon qilingan suratlarda Shahlo o‘zi uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan uzun, och-jigarrang va karamel tusli sochlar bilan ko‘zga tashlandi.
Aktrisa muxlislaridan: “Rang menga yarashganmi?” deya so‘radi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu yangi qiyofa ehtimol suratga olish uchun yaratilgan bo‘lib, shunchaki parik ekan. Shunday bo‘lsa-da, bu tashqi ko‘rinish tajribasi uning muxlislarida katta qiziqish uyg‘otdi.