Qozog‘istonlik reper Say Mo Toshkentda konsert beradi

Qozog‘istonlik taniqli reper Say Mo 2025-yil 30-noyabr sanasida Toshkentda konsert berishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu chiqish san’atkorning yakkaxon konsert turining bir qismi bo‘lib, tur Qozog‘istonning bir necha shaharlaridan boshlanib, keyin Toshkent va Bishkek shaharlarga yetib boradi.
Tur doirasida Say Mo ilk navbatda Qozog‘iston shaharlarida sahnaga chiqadi, so‘ngra konsert safarida Toshkent va Bishkek shahriga yo‘l oladi. Konsertlarning yakkaxon shaklda — ya’ni faqat ijrochi o‘zining repertuariga tayanib chiqishi rejalashtirilmoqda.
Toshkentdagi kontsert joyi sifatida Yunusobod tennis korti nazarda tutilmoqda, biroq bu ma’lumot hozircha rasmiy manbalarda tasdiqlanmagan. Konsert tashkilotchilari maydon va logistika bo‘yicha yakuniy e’lonni yaqin kunlarda oshkor etishi kutilmoqda.
Tomoshabinlar katta ehtimol bilan Say Mo'ning eng mashhur hitlarini jonli ijroda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Konsert chiptalari, vaqt va qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.