Aloqada bo‘ling

Quloqchin porti mavjud boʻlgan soʻnggi iPhone modeli eskirgan deb topildi

Quloqchin porti mavjud boʻlgan soʻnggi iPhone modeli eskirgan deb topildi

2015-yilda ishlab chiqarilgan 6S Appleʼning simli quloqchinlar uchun porti boʻlgan soʻnggi flagman smartfoni edi. Undan keyingi iPhone 7 esa bunday ulagichsiz ishlab chiqarildi.

Apple iPhone 6S smartfoni va Mac mini kompyuterini eskirgan qurilmalar roʻyxatiga kiritgani haqida MacRumors nashri xabar berdi.

Nashr mualliflari 6S 2015-yilda ishlab chiqarilganini, biroq 2018-yilgacha sotuvda qolganini taʼkidladi. Shu bois, qurilma ishlab chiqarilganidan 10 yil oʻtgachgina uni eskirgan deb eʼlon qilishdi.

Appleʼning ichki qoidalariga koʻra, mahsulot sotuvi toʻxtatilganidan 5 yil oʻtgach, u eskirgan qurilmalar roʻyxatiga kiritiladi.

Taʼkidlanishicha, 6S Appleʼning simli quloqchinlar uchun porti boʻlgan soʻnggi flagman smartfoni edi. Undan keyingi iPhone 7 esa bunday ulagichsiz ishlab chiqarildi.

Shuningdek, u seriya tarixida ilk bor 3D Touch funksiyasiga ega boʻldi. Qurilma mustahkamlangan korpus bilan taqdim etildi, chunki iPhone 6 foydalanuvchilari avvalgi modelning korpusi yetarlicha mustahkam emasligidan shikoyat qilishgandi.

Shuningdek, Apple 2018-yilda ishlab chiqarilgan ixcham Mac mini stol kompyuterini eskirgan deb eʼlon qildi. Bu Intel protsessorli mini seriyasining soʻnggi kompyuteri edi.