Ramazon Temirov – Asu Almabayev jangi nima sababdan bekor qilingani ma’lum bo‘ldi

UFC’dagi o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov va qozoq sportchisi Asu Almabayev o‘rtasidagi bahs bekor qilingan edi. Bu jang 26-iyul kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC on ABC 9 turniri doirasida bo‘lishi kerak edi.
Bekor qilinish sababi sportchilar jarohat olganidan emas. Ramazon Temirovning so‘zlariga ko‘ra, u Tailandda o‘tkazgan mashg‘ulotlar vaqtida infeksion yara bilan to‘qnash kelgan. Bu holat havo almashuvi tufayli sportchilar orasida tez-tez uchrashi mumkin.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Uning aytishicha, yaralarni davolash uchun dietologi tavsiya etgan dori vositasini qabul qilgan. Ammo oradan bir necha kun o‘tib, doping-nazorat xodimlari tekshiruv o‘tkazganida, mazkur dori tarkibida taqiqlangan modda aniqlangan.
“Na men, na u (Almabayev) jarohat olganimiz yo‘q. Muammo Tailandda yuzaga kelgan infeksion yaralardan boshlandi. Men dorini dietolog tavsiyasiga ko‘ra ichdim, lekin tarkibida dopingda taqiqlangan modda chiqqani bois jang bekor qilindi”, — deya tushuntirdi Ramazon Temirov.
Endilikda Asu Almabayev o‘z jangini perulik sportchi Xose Ochaoga qarshi o‘tkazadi.