Kino

Rasman: “Betmen 2” suratga olinishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Rasman: “Betmen 2” suratga olinishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Warner Bros. “Betmen: 2-qism” filmining suratga olish ishlari tez orada boshlanishini tasdiqladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, maydonchadagi kameralar 2026-yil bahorida ishga tushadi.

Loyihaga rejissyor va ssenariy muallifi Mett Rivz, shuningdek, bosh rol ijrochisi Robert Pattinson qaytadi. Syujet tafsilotlari noma’lum. Filmning davomi AQShda 2027-yil 1-oktyabrda chiqishi rejalashtirilgan.

“Betmen” 2022-yilda ekranlarda debyut qilgan. Jahon kassa yig‘imlari 772 million dollarni tashkil etdi. Ushbu yilning eng daromadli 7-filmi sifatida qayd etilgan.

shuningdek, tanqidchilar tomonidan juda iliq kutib olindi, ular aktyorlar ijrosi, rejissyorlik, syujet, operator va bastakorning ishini yuqori baholadi, ammo filmning davomiyligi ba’zilar tomonidan tanqid qilingan.