Rassell Krou Genri Kavill bilan yangi “Tog‘lik” filmida paydo bo‘ladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

"Oskar" mukofoti sovrindori Rassel Krou ("Gladiator") "Tog‘lik" fantastik rebutiga qo‘shildi. Loyihada bosh rolni Genri Kavill ijro etadi.
Krou bosh qahramonning ustozi Ramirez obrazini oldi. 1986-yilgi filmda Ramirez Shon Konneri tomonidan tasvirlangan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Yangi versiyaga "Jon Uik" muallifi Chad Staxelski rejissorlik qiladi. Asl "Tog‘lik" uchta o‘lmas sehrgarning urushi haqida hikoya qilgan. Film kassada muvaffaqiyasizlikka uchradi, ammo bir nechta davomi va alohida serialni yaratdi.
"Tog‘lik"ning aniq chiqish sanasi noma’lum. Krou yil oxirigacha "Nyurnberg" tarixiy dramasida suratga tushadi.