Aloqada bo‘ling

Rayhon kutilmagan katta yangilikni e’lon qildi

Rayhon kutilmagan katta yangilikni e’lon qildi

Xonanda Rayhon tez orada yangi duet taronasini e’lon qiladi. U hozircha duetdoshi kim ekanini aytmagan.

“Tegma” deb nomlangan tarona Rayhonning an’anaviy ijodiga xos tarzda ayriliq mavzusida ijro qilingan bo‘lib, bahoriy kayfiyat beradi.

Uning muxlislari duetdoshi Shaxboz va Navro‘z duetidagi Navro‘z ekanini taxmin qilmoqda. Ko‘pchilik qo‘shiqdagi ovoz aynan unga tegishli ekanini aytgan.

Xonanda tarona qaysi sanada e’lon qilishini aniq aytmagan. U premyeragacha muxlislar uchun kichik-kichik kartalarni birin-ketin ochishini aytib o‘tgan.