Aloqada bo‘ling

Rayhon pul mukofoti bilan raqs chellenjini e’lon qildi

Rayhon pul mukofoti bilan raqs chellenjini e’lon qildi

12-sentyabr kuni mashhur o‘zbek xonandasi Rayhon muxlislariga yangi “Sahnada” qo‘shig‘ini taqdim etgandi.

Bugun esa u yangi tanlov boshlaganini ma’lum qildi. Bu nafaqat o‘z iste’dodini ko‘rsatish, balki buning evaziga pul mukofotini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Rayhon o‘z sahifasida shunday yozdi: “Mening raqsimni aynan takrorlang yoki yangi qo‘shig‘imga o‘zingizning ijodiy videongizni yarating. Eng yaxshi o‘nta ishning mualliflari 50 dollardan oladi, bosh g‘olib esa mening konsertimga chipta yutib oladi!”

Bu xabar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular o‘z omadlarini sinab ko‘rish va, albatta, sevimli xonandasining konsertiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritish maqsadida o‘z videolarini faol ravishda joylashtirishmoqda.