Sport

“Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

“Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

Madridning “Real” klubi hujumchi Rodrigo Goes bilan uning jamoada qolishi yoki ketishi yuzasidan muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano o‘z sahifasida ma’lumot berdi.

24 yoshli braziliyalik futbolchi “Real”ga sodiqligini bildirgan va klubda qolishni istashini aytgan. Biroq unga asosiy tarkibdan doimiy joy kafolatlanmayapti. Shu sababli Rodrigo faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda. Boshqa top-klublar unga asosiy tarkib va etakchi rolni va’da qilmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Hozirda Rodrigo bilan Angliyaning kuchli jamoalari — “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Siti” jiddiy qiziqib turgani aytilmoqda. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham unga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda va futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.

Yaqinda AQSHda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Rodrigo kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, asosan zaxirada o‘tirdi. Bu holat ham futbolchining “Real”dagi kelajagi borasida shubhalar uyg‘otmoqda.

Muzokaralar natijasida futbolchining qayerda faoliyatini davom ettirishi yaqin haftalarda aniqlashtiriladi. Rodrigo uchun yozgi transfer oynasi muhim qarorlar davriga aylanishi kutilmoqda.