Aloqada bo‘ling

“Reketir” filmi yulduzi saraton kasalligiga chalindi

Muallif: Mahkamov Humoyun
“Reketir” filmi yulduzi saraton kasalligiga chalindi

Taniqli qozogʻistonlik aktyor Murat Bisembinga onkologik kasallik tashxisi qoʻyilgan, deb xabar berdi uning hamkasbi Sayat Isembayev.

Videomurojaatda Isembayev 2007-yilda “Reketir” filmini suratga olish paytida tanishgan doʻstiga moliyaviy yordam berishni soʻragan.

“Uning onkologik xastaligi bor. Hozir u davolanmoqda, ishonchini saqlab turibdi, hammasi qoʻlidan keladi, tuzalib ketadi.

Aziz doʻstlar, kelinglar, uni imkon qadar moliyaviy qoʻllab-quvvatlaylik. Bizning yordamimiz uning sogʻayishini tezlashtiradi. Murat, biz sen bilan”, — dedi Isembayev.

51 yoshli Murat Bisembin Akana Satayevning “Reketir” kriminal dramasidagi Ruslan roli tufayli tanilgan, u Qozogʻiston kinosi uchun katta yutuq boʻldi va 800 ming dollarlik budjetdan 1,2 million dollar yigʻdi.

Murat Bisembin 1972-yil 11-oktyabrda Qiziloʻrda shahrida tugʻilgan. U Politexnika institutini qishloq xoʻjaligi sohasida muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.