Robert Inglund Gollivud Shuhrat xiyobonida “yulduz”ga sazovor bo‘ldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
“Elm ko‘chasidagi qo‘rqinchli tush” filmlari seriyasining yulduzi Robert Inglund Gollivuddagi Shuhrat xiyobonida o‘z nomidagi “yulduz”ga ega bo‘ldi. Marosim Xellouin arafasida, 31-oktyabr kuni o‘tkazildi.
Freddi Kryuger rolini ijro etgan aktyor yig‘ilganlarga ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Aktyorni tabriklash uchun “Qo‘rqinchli tush” filmi bo‘yicha hamkasbi Xezer Lengenkemp va rejissyor Elay Rot tashrif buyurishdi.
Inglundning faoliyati 100 dan ortiq filmni o‘z ichiga oladi. U so‘nggi marta 2010-yildagi “Qo‘rqinchli tush” filmining qayta ishlangan versiyasida Kryuger obrazini gavdalantirgandi.