Robert Pattinson ishtirokidagi “Betmen” sikveli rejissyorsiz qoldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Tarmoqlarad Robert Pattinson ishtirokidagi yangi “Betmen” filmi rejissyori Mett Rivz qandaydir jiddiy shaxsiy muammolarga duch kelayotgani va katta ehtimol bilan filmni suratga olish bilan shug‘ullanmasligi haqida mish-mishlar keng tarqalmoqda.
Ayni paytda Rivz faqat “Betmen”ning ssenariy muallifi hisoblanadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, birinchi qismi 2022-yilda chiqqan superqahramon blokbasterining davomi uzoq davom etishiga rejissorning shaxsiy muammolari sabab bo‘lgan.
Ushbu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Warner Bros. rahbariyati hozircha hech qanday izoh bermadi.