Robert Pattinson Osiyo kino yulduzi boʻlishga qaror qildi
Muallif:
Mahkamov Humoyun

Robert Pattinson Gollivudni tark etib, yangi professional martabani egallash niyatida. Pattinson va uning oilasi Janubiy Koreyaga koʻchib oʻtishga hozirlik koʻrmoqda.
Sanʼatkor Osiyoda yulduz boʻlishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, u allaqachon oʻzini bu yoʻnalishda sinab koʻrgan. Pattinson “Mikki 17” ustida ishlayotganida, u kunchiqar mamlakatda yashagan.
Gollivud kino sanoati hozirda biroz pasayishda. “Eng yirik yulduzlar, jumladan Rob, muvaffaqiyatga erishish osonroq boʻlgan hududlarni qidirmoqda”, — deb tushuntirdi insayder.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning bahorida “Zulmat ostonasidagi muhabbat” filmi yulduzi ilk bor ota boʻldi. Robert Pattinson va Suki Uoterxaus 2018-yildan beri oilaviy munosabatda.